Maxfiylik siyosati
«1000 ta slovo» Telegram boti (@mingtaslovo_bot), uning ilovasi va «Govori» ilovasi foydalanuvchilari uchun
1. Ma'lumotlar uchun kim javobgar
1.1. Shaxsiy ma'lumotlar egasi va operatori — MChJ «NEYRASYSTEM» (STIR 313370411; keyingi o'rinlarda — Biz). Ma'lumotlar «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga (O'RQ-547) muvofiq qayta ishlanadi.
1.2. Siyosat «1000 ta slovo» xizmatidan foydalanish shartlarini belgilovchi Ommaviy oferta bilan birga qo'llaniladi. Shaxsiy ma'lumotlar masalasida ular o'rtasida farq bo'lsa, ushbu Siyosat qo'llaniladi.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Telegram ma'lumotlari: Telegram ID, ism, familiya va username (Telegram o'zi beradigan ochiq ma'lumotlar). Telefon raqamingiz so'ralmaydi.
- «Govori» ilovasida kirish: «Apple bilan kirish» yoki «Google bilan kirish» orqali kirsangiz — Apple yoki Google bergan identifikator va ism (agar berishga rozi bo'lsangiz). Email manzilingiz faqat kirishni tekshirishda o'qiladi va saqlanmaydi. Telegram hisobingizni ulasangiz — 1-banddagi Telegram ma'lumotlari.
- Qayerdan kelganingiz: Botni qaysi havola yoki reklama orqali ochganingiz (havoladagi belgi).
- O'qish natijalari: qaysi so'zlarni ko'rgansiz va yodlagansiz, mashqlar natijasi, reyting.
- To'lovlar: summa, sana, to'lov raqami va obuna muddati; 29.10.2026 gacha kartaga o'tkazma bilan qilingan to'lovlarda — chek rasmi. Bank kartangizning to'liq raqami va maxfiy kodlari bizda saqlanmaydi — ularni to'lov tizimi qayta ishlaydi. «Govori»da App Store yoki Google Play orqali obunada bizga faqat xarid raqami, mahsulot, obuna holati va muddati keladi; to'lov ma'lumotlari Apple yoki Google'da qoladi.
- Texnik ma'lumotlar: ilova versiyasi, qurilma va brauzer turi, Ilovada qaysi ekranlar ochilgani va qaysi tugmalar bosilgani (maydonlarga yozgan matningiz bunga kirmaydi), ilova xatolari — xizmatni yaxshilash uchun.
- Sovg'a egalari: Sovg'a qoidalarining 6.2-bandida ko'rsatilgan ma'lumotlar — faqat sovg'ani berish va soliq hisoboti uchun.
- Murojaatlar: Botga yuborgan xabarlaringiz, so'rovnomalardagi javoblaringiz va bosgan tugmalaringiz.
3. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- xizmatni ko'rsatish: o'qish jarayoni, natijalar, eslatmalar, «Jahldor ustoz» bilan mashq;
- reyting: Telegram ismingiz va yodlagan so'zlaringiz soni Ilovadagi reytingda boshqa foydalanuvchilarga ko'rinishi mumkin;
- to'lovni tekshirish va obunani faollashtirish;
- murojaatlaringizga javob berish;
- Bot orqali xabarlar: obuna tugashi, eslatmalar, yangiliklar, aksiya va so'rovnomalar (xabarlarni olishni istamasangiz — Botni to'xtating yoki bloklang);
- reklama samaradorligini o'lchash — qaysi reklamadan nechta odam kelgani va to'lagani (umumlashgan holda);
- ilova xatolarini tuzatish va xizmatni yaxshilash (umumlashgan statistika);
- qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarish (masalan, buxgalteriya hisobi).
Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
4. Avtomatik qarorlar
4.1. To'lov cheklarini va Botdagi murojaatlarni sun'iy intellektga asoslangan yordamchimiz ko'rib chiqadi. U chekni tasdiqlashi yoki sababini aytib rad etishi, savolingizga javob berishi mumkin. Shubhali holatlar mas'ul xodimga yuboriladi.
4.2. Yordamchining qaroriga rozi bo'lmasangiz — Botga yozing: chek yoki murojaatingizni mas'ul xodim qayta ko'rib chiqadi.
5. Ma'lumotlar kimga berilishi mumkin
- Telegram — Bot va Ilova Telegram platformasida ishlaydi (Telegram'ning o'z maxfiylik siyosati amal qiladi);
- sun'iy intellekt xizmati — Botdagi murojaatlarga javob berishda, «Jahldor ustoz» bilan mashqda va cheklarni tekshirishda xabar matni va chek rasmi Google Gemini xizmatiga qayta ishlash uchun yuboriladi;
- Apple va Google — «Govori» ilovasida kirish va obuna to'lovi uchun; to'lov ma'lumotlari ularda qayta ishlanadi, bizga obuna holati va muddati keladi;
- to'lov tizimi — «Rahmat» (AJ «Multicard Payment»): to'lovni qabul qiladi va soliq chekini beradi; karta ma'lumotlari faqat unda qayta ishlanadi, bizga to'lov summasi, sanasi va raqami keladi;
- server xizmati — ma'lumotlar saqlanadigan ijaradagi server provayderi (faqat saqlash uchun, ma'lumotlardan o'zi foydalanmaydi);
- davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda.
6. Qayerda va qancha muddat saqlanadi
6.1. Ma'lumotlar Biz ijaraga olgan himoyalangan serverda, siz xizmatdan foydalanayotgan va ularni o'chirishni so'ramagan vaqtingizda saqlanadi. To'lov hujjatlari buxgalteriya qonunchiligida belgilangan muddat saqlanadi.
6.2. O'chirishni so'rasangiz (9-bo'lim), ma'lumotlaringiz 30 kun ichida o'chiriladi (qonun bo'yicha saqlanishi shart bo'lgan to'lov hujjatlaridan tashqari). Statistika uchun faqat shaxsingizni aniqlab bo'lmaydigan umumlashgan raqamlar qoladi.
7. Ma'lumotlar qanday himoya qilinadi
Ilova bilan server o'rtasidagi ulanish shifrlangan (HTTPS). Har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi (reytingdagi ism va so'zlar sonidan tashqari) — bu server darajasida tekshiriladi. Serverdan tashqariga olinadigan zaxira nusxalar shifrlanadi. Ma'lumotlarga faqat xizmatni ta'minlaydigan mas'ul xodimlar kira oladi.
8. Kuzatuv texnologiyalari
Ilovada uchinchi shaxslarning reklama yoki tahlil skriptlari va cookie-fayllari ishlatilmaydi. Ilovadagi harakatlar (2-bo'limdagi texnik ma'lumotlar) faqat bizning serverimizga yoziladi va faqat xizmatni yaxshilash uchun ishlatiladi. Ilova qurilmangiz xotirasida faqat texnik sozlamalarni saqlaydi; ularni Telegram'ning kesh tozalash funksiyasi orqali o'chirish mumkin.
8.1. YouTube API xizmatlari / YouTube API Services
Biz o'z YouTube kanalimizga (@1000taslovo) o'zimiz tayyorlagan qisqa videolarni joylash uchun YouTube API xizmatlaridan (YouTube API Services) foydalanamiz. Bu vosita faqat bizning ichki ishimiz uchun: u foydalanuvchilarning YouTube hisoblariga kirmaydi, ularning YouTube ma'lumotlarini yig'maydi, saqlamaydi va hech kimga bermaydi. YouTube'dan foydalanish YouTube foydalanish shartlari bilan, Google ma'lumotlarni qanday ishlatishi esa Google maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi. Google'ning bizning ilovamizga bergan ruxsatini istalgan vaqtda Google xavfsizlik sozlamalari sahifasida bekor qilish mumkin.
English: We use YouTube API Services solely to upload short videos that we produce ourselves to our own YouTube channel (@1000taslovo). This internal tool does not access other users' YouTube accounts and does not collect, store or share any YouTube user data. By using YouTube you are bound by the YouTube Terms of Service; Google's handling of data is described in the Google Privacy Policy. Access granted to our application can be revoked at any time via the Google security settings page. Contact: [email protected].
9. Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagilarni so'rashingiz mumkin:
- Biz siz haqingizda qanday ma'lumot saqlayotganimizni, ular qayerda saqlanayotgani va kimga berilishini bilish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish;
- ma'lumotlaringizni o'chirish va xizmatdan voz kechish;
- xabarnomalarni olishdan bosh tortish va rozilikni qaytarib olish;
- avtomatik qarorni mas'ul xodim tomonidan qayta ko'rib chiqish (4-bo'lim).
«Govori» ilovasida hisobingizni Natijam sahifasining pastidagi tugma orqali o'zingiz o'chirishingiz ham mumkin (Apple yoki Google hisobi bilan bog'lanish ham o'chadi). Boshqa so'rovlar uchun Botga yozing yoki +998 99 477 41 48 raqamiga murojaat qiling. Javob — 10 ish kuni ichida.
Javobimiz sizni qoniqtirmasa yoki huquqingiz buzilgan deb hisoblasangiz, shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkin.
10. Rozilik va o'zgarishlar
10.1. Botni ishga tushirib, Ilovadan foydalanib yoki to'lov qilib, Siz ushbu siyosatda ko'rsatilgan tartibda shaxsiy ma'lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.
10.2. Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi; muhim o'zgarishlar haqida Bot orqali xabar beramiz.
Shuningdek qarang: Ommaviy oferta